Termizdagi kargo markazi atrofida xalqaro xab shakllanadi

  • Amerika Ovozi

O'zbekiston-Afg'oniston chegarasi: Amudaryo ustidan o'tadigan "Do'stlik" ko'prigi ikki davlatni bog'laydi, xususan O'zbekistonning Termiz shahrini Afg'onistonning Hayraton shahri bilan

Prezident Shavkat Mirziyoevning shu yilning 21-iyunidagi qaroriga binoan O'zbekiston-Afg‘oniston chegarasi yaqinida joylashgan Termiz kargo markazi (Termez Cargo Center) xalqaro va ko‘p funksiyali transport-logistika xabi bo'ladi.

O'zbekiston hukumati va uning hamkorlari qo'shni davlatga insonparvarlik yordami yetkazishda bu inshootning rolini strategik deb baholaydi.

BMT gumanitar agentliklari bu markazdan foydalanib keladi. Mirziyoyev qaroriga ko'ra, xalqaro tashkilotlar va chet davlatlari Afg'onistonga zarur madad ko‘rsatishi uchun Termizda shart-sharoit allaqachon mavjud va bu tizim endi xab sifatida takomillashadi.

U o'z ichiga bojxona, soliq idorasi, fitosanitariya, veterinariya, transport, bank, sertifikatlashtirish, valyuta ayirboshlash, mobil aloqa, tibbiy markaz va mehmonxona, avtotransport vositalarini ta'mirlash singari xizmatlarni oladi.

"Amerika Ovozi" Termiz kargo markazini 2021-yilning kuzida aylanib, vaziyat bilan yaqindan tanishganida, xodimlar "yagona darcha" va boshqa xizmatlar yo'lga qo'yilgani haqida gapirib bergan edi.

Your browser doesn’t support HTML5

Termiz kargo markazi xalqaro logistik xab bo'ladi

Termizdan kargo markazidan maxsus dasturimiz:

Your browser doesn’t support HTML5

Termiz kargo markazi: Afg'oniston-O'zbekiston chegarasida