Vayoming: Kovboy ayollar haqida hikoya qiluvchi muzey

Wartime Cowgirls

Amerika g’arbi haqida so’z ketganda, ko’pchilikning ko’z oldiga kovboylar keladi. Lekin ot minib, rancholarni yuritgan ayollar haqida ko’pchilik bilmaydi. Vayoming shtatidagi muzey ana shu haqda hikoya qiladi.

“Qadimgi G’arb muzeyi doim ota-bobolarimiz haqida hikoya qilib kelgan. Lekin ona va momolarimiz haqida emas. Bu to’g’ri emas. 1800-yillarning oxiri, 1900-yillarning boshlarida rodeoda erkaklar bilan birday qatnashgan qizlar bo’lgan. Ular haqida hech narsa aytilmaydi", - deydi Garbning kovboy qizlari muzeyi vakili Pam Kuper.

Pam va Jerri Kuper kovboy xotin-qizlar, ferma va rancholarni boshqargan ayollar, umuman, Amerika garbidagi ayollarning hayotini aks ettiruvchi ko’plab tarixiy artefaktlar to’plagan.

Vayoming ayollarga ovoz berish huquqini bergan birinchi shtatdir, 1869-yilda.

“Yer berishgan. 66 gektardan. Agar shu yerda uy-joy qilib, besh yil yashasangiz, yerdan daromad qilsangiz, u sizniki bo’lardi. Ayollar ham kelib, yer olishgan”, - deydi Kuper.

Ayollarning mulk egalariga aylanishi, yer solig’ini to’lashi ularni ovoz berish huquqi uchun kurashishga da’vat etgan. Vayomingni Tenglik shtati deb ham atashadi. Birinchi ayol sudya ham, gubernator ham Vayomingdan chiqqan.

"Mana bu rasmga qarasangiz, u buqani yer tishlatganini ko’rasiz, qo’li bilan, bo’ynidan ushlab, ayni vaqtda odamlarga qo’l silkitmoqda. U qanday qilib qahramon bo’lishi mumkin emas?”, - deydi Kuper muzeydagi bir suratni ko’rsata turib.

“Ma'lumotlar, bilim manbai, tarix! Yo’qotmasligimiz kerak, qanday qilib ayollar ovoz berish huquqini qo’lga kiritgan, bu shtat nima uchun muhim bo’lgan”, - deydi muzeyga kelgan bir ayol muzey haqida.