Qatar futbol bo’yicha 2022-yilgi Jahon chempionatiga tashrif buyuradigan yuz minglab mehmonlarni kutib olishga hozirlik ko'rmoqda. Ko'plab sayyohlar uchun bu dunyoning kichik, lekin boy arab davlatini birinchi marta ko'rish imkoniyatidir.
Turistlarni rang-barang mahsulotlar, o'ziga xos hidlar va an'anaviy taomlarga boy Qatar bozorlari kutmoqda.
“Bu yerga eng koʻp sayyohlar tashrif buyuradi. Bu hudud yaxshi restoranlari, an’anaviy do‘konlari, ziravorlar va qushlar bozori bilan mashhur”, - deydi savdogar Jamol Abdulloh.
Mehmonlar yirik binolar va savdo markazlaridan tashqari, Qatarning eski va an’anaviy bozorlarini, qo’lda ishlangan hunarmandchilik mahsulotlarni ko’rish imkoniyatiga ham ega bo’ladi.
"Bu juda ajoyib tajriba, ayniqsa madaniyati juda go'zal", - deydi Lorena Vera ismli perulik sayyoh.
Suvenirlar do‘koniga ega bo‘lgan va Yaqin Sharqning an’anaviy mahsulotlarini sotuvchi Jamol Abdulloh 2022-yilgi jahon chempionati ko‘proq mijozlar olib kelishiga umid qilmoqda.
Your browser doesn’t support HTML5
Amirlik hukumati 20-noyabrda boshlanadigan jahon chempionati davomida bir milliondan ortiq odam kelishini kutmoqda. Qatarning o’z aholisi soni 2,7 millionni tashkil qiladi.
"Menimcha, bu ularga turli madaniyatlar haqidagi qarashlarini biroz o'zgartirishga yordam beradi, chunki ko'p mamlakatlardan odamlar keladi", - deydi Lorena.
Lusiya Marzoratti va Martin Kuren Dohada yashovchi argentinalik juftlik. Ularning aytishicha, ushbu tadbir butun dunyo xalqlarini futbolga bo'lgan umumiy ishtiyoqi orqali birlashtiradi.
"O'ylaymanki, Qatar xalqi ularni juda ijobiy qabul qiladi. Argentinani qo'llab-quvvatlovchi barcha mamlakatlardan odamlar bor. Bu erda Argentinani qo'llab-quvvatlovchi eng katta jamoalar - bular Hindiston, Pokiston, Bangladeshliklardir. Men buni hech qachon tasavvur qilmagan edim", - deydi Martin.
Buni ham ko'ring Super Liga g'oyasi puchga chiqdiMahalliy aholi va biznes egalari 2022-yilgi jahon chempionatini hayotda bir marta beriladigan imkoniyat sifatida ishtiyoq bilan kutmoqda.
An'anaviy hayot tarziga ega Qatar sayyohlarni jalb qilish maqsadida ba’zi tartiblarni yengillashtirgan. Masalan, musobaqalar davomida spirtli ichimliklar iste'mol qilishga ruxsat beradi.
Lekin ba’zi cheklovlar o’z kuchida qoladi. Cho'chqa go'shtini iste'mol qilish chempionat paytida ham taqiq ostida bo’ladi.