Jonli efir: Korrupsiyaga qarshi kurash forumi (2)

Your browser doesn’t support HTML5

Bu hafta dunyoning 140 davlatidan, jumladan, O'zbekistondan korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organ va tashkilotlarning vakillari Vashingtonda. Ular xalqaro "Transparency International" uyushmasi yetakchiligida har ikki yilda o'tadigan anjumanda qatnashmoqda. Mezbon davlat odatda homiylardan biri. Bu yig'in jahon miqyosida yulg'ichlikni muhokama qiluvchi eng yirik forumdir. Yetti masala bo'yicha sessiyalar ketmoqda: global xavfsizlik, irq va iqlim, qora bozorlar va uyushgan jinoiy tizimlar, kleptokratiya va "pul yuvish" hamda korrupsiyaga qarshi kurashayotganlarga tahdidlar.