O’zbekistonga anomal sovuq oqimi kirib kelgani aytilmoqda. Hukumat elektr ta’minotida muammolar bo’lishi haqida oldindan ogohlantirgan.
Jamoatchilik tahlikada. Odatda, qahraton qish nafaqat gaz, chiroq uzilishi, balki is gazidan o’lganlarning keskin oshishi bilan ham kuzatiladi.
Ichki ishlar vazirligi o’tgan yil davomida 146 kishi is gazidan zaharlanib o’lganini bildirgan edi. Qurbonlar orasida bolalar ham ko’p. Bu yilgi qish davomida ham is gazidan o’lgan yosh bolalar soni 20 nafarga yaqinlashayotgani haqida ma’lumotlar bor.
Mamlakatda fojiali bu muammoning asosiy sababi - energetik taqchillik masalasi hamon yechimsiz. O’zbekistonda gaz-neft qazib chiqaruvchi asosiy kompaniyalar Rossiyaga qarashli.
Buni ham ko'ring Mirziyoyev xalqqa yillik murojaatini qildi: 2023-yilda referendumTijorat siri sababi ostida tafsilotlari ochiqlanmayotgan bitimlar bu kompaniyalarga monopol vakolatlar berishi ta’kidlanadi.
Energetik inqirozga tortilgan O’zbekiston gaz importi bo’yicha Rossiya bilan muzokaralar o’tkazmoqda.
Mamlakatda gaz-neft sanoatiga doir shartnomalarni qayta ko’rib chiqish, milliylashtirish haqida chaqiriqlar mavjud.
Buni ham ko'ring O’zbekiston-Qozog’iston ittifoqi Rossiya bosimiga dosh bera oladimi?Muxolif faollar fikricha, hukumat energetika muammosini yechishga qodir emas, xalqning sabr kosasi esa to’lib bormoqda.
Iqtisod fanlari doktori, professor Xidirnazar Olloqulovning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, amaldagi hukumatda, jumladan, Prezident Shavkat Mirziyoyevda energetik inqirozni yengish uchun lozim siyosiy iroda yetishmaydi.