7-yanvar kuni Rossiyadagi pravoslav xristian cherkovining nufuzli oliy rahnamosi Ukraina milliy o’zligini shubha ostiga oldi.
Rossiya va Ukraina haqida gapirar ekan, Patriarx Kirill shunday dedi:
"Kiyev cho’qintirilishi ortidan paydo bo’lgan bitta xalq bu, ammo juda ulkan xalq".
Bu gap noto’g’ri.
Etnik o’xshashlikka ega va tarixda umumiy boshqaruv ostida bo’lishiga qaramay, Ukraina o'ttiz yildan beri mustaqil davlat sifatida tan olingan.
1991-yil dekabrda ukrainalik saylovchilarning 90 foizi parchalanib borayotgan Sovet Ittifoqidan mustaqil bo’yicha bo'yicha referendumni qo'llab-quvvatlagan.
"Ukraina" nomi esa 800 yillik tarixga ega.
Buni ham ko'ring Ukraina NATOning qiruvchi samolyotlari bilan hujumga o’tadimi?U birinchi marta 1187-yil Kiev yilnomasida qayd etilgan va 16-17-asrlardan beri doimiy qo’llanib keladi.
Ukraina tili esa taxminan 700 yoshda.
2021-yilda chop etilgan ukrainaliklarning eng yirik genetik tadqiqotiga ko'ra, ruslar va ukrainlar alohida tarixga ega.
So'rovlarda ukrainlar o'zini alohida etnik xalq sifatida taqdim etadi.
Your browser doesn’t support HTML5
2022-yil aprel oyida ukrainaliklarning 91 foizi “ruslar va ukrainlar bir xalq” degan da’voni rad etishini bildirdi.
Patriarx Kirillning "bir xalq" haqidagi murojaati Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning siyosiy da’volariga mos keladi.
Putin qonli bosqinni oqlash uchun Ukrainaning davlatchilik tarixini rad etgan edi.