Qozog'iston yangi parlament uchun ovoz berdi

Your browser doesn’t support HTML5

Qozog'iston 19-mart kuni qonunchilik palatasi a'zolarini sayladi. Prezident Qosim-Jo'mart To'qayev deydiki, siyosiy islohotlar davom etadi. 2022-yilning boshidagi norozilik namoyishlarida 220 dan oshiq fuqaro nobud bo'lgan. Bu voqealar ketidan To'qayev xalqqa demokratik o'zgarishlar qilishga va'da bergan. To'qayev parlamentni kuchaytirish, prezident vakolatlarini kamaytirish va uni yetti yillik bir muddatga saylash tashabbusini olg'a surgan. Konstitutsion o'zgarishlar yuzasidan referendum o'tgan yili o'tkazilgan. 98 a'zolik qonunchilik palatasining uchdan bir qismi partiya ro'yxatlariga qarab emas, yagona mandat uchun saylanadi. Bu o'rinlar uchun 400 dan ziyod nomzod kurashdi. To'qayevning "Amanat" partiyasi eng ko'p joyni egallash arafasida. Saylovda ikki yangi partiya ham kurashdi. Jarayonni kuzatgan Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti delegatsiyasi dastlabki xulosasida saylov kampaniyasi va ovoz berishni joshqin deya baholagan, ammo qator muammolar va kamchiliklar qayd etilgan, jumladan siyosiy raqobat yetishmovchiligi, tizimga nisbatan ishonch pastligi, hamon avtoritar nazorat hukmron ekani, demokratik usullarga yo'l ochilishi qiyin kechayotgani.