Maksim Fominning oʻlimiga Gʻarb davlatlari munosabat bildirmagani Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarovaning tanqidiga uchradi. Maksim Fomin aslida kim edi?
Urush tarafdori bo’lgan bu rus harbiy blogeri Sankt-Peterburg qahvaxonadagi portlashda halok bo’lgan.
Fominni "harbiy muxbir" deb atagan Zaxarovaning aytishicha:
“Ularning jurnalistlar farovonligi borasida qayg‘urayotganini e’tiborga olsak, Oq uy, Dauning-strit, Yelisey saroyi va boshqalarning nimaga munosabat bildirmayotgani o‘z-o‘zidan ayon”.
Vladlen Tatarskiy taxallusi ostida blog yuritgan Fomin harbiy muxbir bo’lmagan.
Buni ham ko'ring Diaspora Rossiya propagandasiga qarshi kurashmoqdaAksincha, u Ukrainani yo'q qilishga va ukrainaliklarni o'ldirishga chaqirib kelgan Kreml targ'ibotchisi edi.
Fomin yuritgan Telegram kanalni 570 000 dan ortiq obunachi kuzatgan.
Qurolli bosqin yo’li bilan bankni o’margani uchun Fomin 2011-yil 12 yilga qamalgan edi.
Your browser doesn’t support HTML5
Rossiya 2014-yilda Ukraina sharqiga yashirin harbiy bosqinini boshlaganidan so‘ng, Fomin qamoqdan qochib, Donbassdagi rossiyaparast jangarilarga qo‘shilgan.
Fomin Rossiyaning Ukrainaga bosqinini to’liq quvvatlagan va asosiy maqsad “Ukraina davlatini to’liq yakson qilish” ekanligini ta’kidlab kelgan.
U, shuningdek, Ukraina kasalxonalarini elektr ta’minotidan uzish uchun mamlakat eleketrostansiyalariga zarba berishga undagan shaxs edi.