Ovozlar sarhisobi: O'zbekistonning AQShdagi elchixonasi

Your browser doesn’t support HTML5

30-aprel kuni O'zbekistondagi konstitutsion referendumda AQShdagi elchixona orqali ovoz berganlar 903 kishini tashkil etdi. Ularning aksariyati erta ovoz berish imkoniyatidan foydalangan. Xususan, Vashington shahri hamda Virjiniya, Merilend va Florida shtatlaridan referendumda qatnashishgan. Ovozlarning aksariyati yangi konstitutsiyani yoqlagan. "Amerika Ovozi" ilk bor elchixonada sanoq jarayonini kuzatdi.