Uyg'urlar dardi: Xitoy qamoqxonasida chaqalog'ini boy bergan ona
Your browser doesn’t support HTML5
Mehrigul Tursun 2015-yil Xitoyning Shinjon viloyatiga ota-onasini ko’rish uchun tashrif buyurganda, rasmiylar uni ikki oylik uch egizagidan ayirib, hibsga olgan edi. "Amerika Ovozi" muxbiri bilan suhbatda u bu og'ir damlarini va u yerda farzandlaridan birini qanday boy berganini so’zlab berdi.