Zlato Ukrainadagi urush davrida o`z biznesini tashlab volontyorlikka kirishgan faollardan. U Kiyevdagi Opera teatri yonida ukrain bastakori Mikola Lisenko xotirasiga o´rnatilgan haykalni ko´zdan kechirmoqda. Yodgorlik ayni paytda yopiq, Rossiya hujumiga qarshi himoya qobiqlari bilan o’ralgan.
“Biz hozir Teatr xiyobonida, ukrain klassik musiqa asoschisi Mikola Lisenko yodgorligi oldida turibmiz, bu yodgorlik ham Kiyevdagi boshqa ko’plab yodgorliklar singari yopiq”, - deydi Zlato.
Urush boshlanib, Kiyev bo´ylab Rossiya raketalari hujumi avjga chiqar ekan, poytaxtdagi bu va boshqa yodgorliklar ham asosan ko’ngillilar ishtirokida qum to’ldirilgan qoplar bilan o´rab chiqildi.
Tashabbusga keyinchalik shahar hokimiyati qo`shildi, Kiyevdagi asosiy yodgorliklar qaytadan, mustahkam himoya qobiqlari bilan ta`minlandi; asosan yirik, markaziy yodgorliklar.
Tabiiyki, bu himoya vositasi manzilli raketa zarbalaridan asramaydi, lekin snaryad parchalaridan nisbatan xavfsiz qiladi.
Your browser doesn’t support HTML5
Rossiya boshlagan urush Ukrainadagi madaniy-tarixiy yodgorliklar, obyektlarga jiddiy zarar yetkazdi.
Ayrim madaniy obyektlar bevosita raketa zarblari ostida qoldi, ayrim muzeylar o´z boyliklari, durdona asarlarini xavfsiz saqlash uchun xorijga olib chiqishgan.
Ammo shahar bo’ylab o’rnatilgan haykallar, yodgorliklar ko’rinishidagi san´at asarlarini ko´chirish imkonsiz, ularga faqat himoya qobiqlari o´rnatilmoqda.
Mikolo Liesenko yodgorligidan uncha uzoq bo`lmagan masofada Ukraina milliy ozodlik harakati yetakchilaridan biri, tarixchi Mixail Grushevskiy haykali joylashgan.
Bu yodgorlik ham yopiq, himoya vositalari bilan o’ralgan. Zlatoga ko’ra, bir muncha avval Grushevskiy yodgorligidan 50 metrlar narida rus raketasi tushgan.
“Grushevshkiy ko´plab ilmiy ishlar muallifi, milliy ozodlik harakati yetakchi, uning yodgorligi ham tabiiyki yopib qo’yilgan. O´tgan oktabr oyida Rossiya raketasi yodgorlikda 50 metr narida portlagan edi, yodgorlikka ziyon yetmadi, ammo aholi jarohatlandi”, deydi u.
Ukrainaning milliy qahramoni, shoir Taras Shevchenko sharafiga qo’yilgan monument ham himoya qobig´ida.
Balandligi 6 metrlar chamasi bu yodgorlik shahar markazida, Shevchenko xiyobonida joylashgan.
Zlatoga ko´ra, ukrainlarning milliy faxri bo’lgan bu yodgorlik YUNESKO ro’yxatida turadi, kiyevliklar Rossiya agressiyasidan himoyaga olgan dastlabki yodgorliklardan biri ham shu.
“Rossiyaning dastlabki raketalari Kiyevni nishonga olishi barobarida aholi bu yodgorlik muhofazasiga chiqdi, uni qum to´ldirilgan qoplar bilan o´rab chiqishdi. Bu yodgorlikni turli qurollar zarbasidan himoyalab qolish maqsadida qilingan”, deydi Zlato.
Qadimgi Kiyev darvozalari joylagan hudud sifatida tarif berilgan “Zolotiye voroto” xiyobonida Kiev Rusi davri hukmdorlardan biri Yaraslov Mudriyga qo’yilgan yodgorlik ham yopiq.
Your browser doesn’t support HTML5
Kiyev Rusining eng rivojlangan davri Yaraslav Mudriy hukmronligiga to’g’ri keladi. Kiyev Rossiya raketalari nishoni ostida qolayotganiga qaramasdan, bu kichkina xiyobon ancha gavjum. Zlato urushga qaramasdan hayot davom etayotganini, odamlar rus raketalaridan omon qolish kafolati yo’qligini tushunishini ta’kidlaydi.
Ukrainadagi yuzlab madaniy, tarixiy yodgorliklar uchun ham, turli darajadagi himoya choralari ko’rilayotganiga qaramasdan, xavfsizlik kafolati yo’q.
YUNESKO Rossiya boshlagan urush Ukrainadagi 200 dan oshiq tarixiy-madaniy obyektlarga zarar yetkazganini, o’nlab obyektlar mutlaqo vayron qilganini bildirgan.