Asli makedoniyalik Sasho Kirovski Merilend universitetining futbol jamoasiga murabbiylik qilib keladi. U qo’lga kiritgan natija maydonda ham, maydon tashqarisida ham yaqqol ko’zga tashlanadi.
1993-yilda Kollej-Park shahriga kelganidan beri Sasho Kirovski Merilend universitetini mamlakatning futbol markaziga aylantirdi. Hammasi Shimoliy Makedoniyadagi Tetovo shahri yaqinida, kichik qishloqdan boshlangan.
“Bu mening onam Lyubitsa. Rasmni otam Trpe olgan. Bu mening akam Vancho. Bu men va singlim Diana. Biz hammamiz hanuz juda yaqinmiz ", - deydi u.
Kirovski sakkiz yoshida oilasi bilan Makedoniyadan Kanadaning Ontario shahriga ko’chib kelgan. U Viskonsin universitetida o‘qish va futbol o‘ynash uchun stipendiya yutib oldi va shu bilan hayoti o’zgarib ketdi.
Your browser doesn’t support HTML5
“Futbolchi sifatidagi faoliyatim erta tugadi, chunki men kollejni tark etganimda professional futbol o'ynash uchun joy yo'q edi. Men tezda o'z mahoratimni rivojlantirishga kirishdim. Biznes bo'yicha magistr darajasiga egaman. Qo'limdan kelgancha, barcha murabbiylik litsenziyalarini oldim va eng yaxshi yosh murabbiyga aylandim”, - deydi u.
Shundan beri u bu mavqeni boy bergani yo’q.
“30 yil ichida biz deyarli to'qqiz marta kuchli to’rtlikka chiqdik, ya'ni yarim final va finalga. Uch marta mamlakat chempioni bo’ldik. Men kollejda murabbiylik qilgan vaqtimda hech kim bu dajarada muvaffaqiyatga erishmagan. Menimcha, juda yaxshi ish qilyapman, lekin talablar juda yuqori”, - deydi murabbiy.
Futbol – uning hayoti. Dam olish kunlarida Kirovski dunyo bo'ylab turli futbol ligasi o'yinlarini tomosha qiladi. Uning AQSh Oliy Liga futbolidan umidlari katta.
“Biz Bekxem, Zlatan va Runi kabi futbolchilarni jalb qila oldik, endi Messi ham shu yerda; jahon chempionatida g‘olib chiqqanidan olti oy o‘tib, AQShda o‘ynayapti. Bu nafaqat bu yerda yashash zo’r bo’lgani uchun, balki futbol sifati yaxshilanib borayotganining ham yuqori ko‘rsatkichidir”, - deydi Kirovski.
O'ttiz yil ichida Kirovski futbolda katta obro’-e’tibor qozondi. Ammo bu hammasi emas. Har uchrashuv oxirida o’yinchilar murabbiy sharafiga tayyorlangan mazali muzqaymoqdan ham tatib ko’rishadi.