Chorva ko'rgazmasi: AQShning uy hayvonlari ko'z-ko'z qilindi

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

AQShning Kolorado shtatida har yili Milliy chorva ko'rgazmasi o’tkaziladi. U yerga minglab odamlar, ko'rgazma ishtirokchilari va uy hayvonlari ishqibozlari yig’iladi.

Denverdagi Milliy chorva ko'rgazmasiga tashrif buyurgan yosh mehmonlar qishloq xo'jaligi va chorvachilik bilan bog'liq turli xil tajriba va bilimga ega.

Ba'zilar sigirlarini orqasi qanchalik tekisligiga baho olish uchun olib keladi.

Boshqalar zotdor otlarini salobati va kuchini ko’z-ko’z qilish uchun omma oldiga olib chiqadi.

Ba'zilar qo'ylarni o'zlari bilan birga namoyish qiladi. Oyoqlari tekis, boshi esa biroz tepaga ko’tarilgan – bular hayvon yuqori baho olishini ta’minlaydigan mezonlar.

Hayvonot bog'ini tomosha qilish uchun keladiganlar ham bor. Kirish bepul, lekin jonzotlarga ozuqa bermoqchi bo’lsangiz, yemni ichkarida sotib olasiz.

Buni ham ko'ring Arizonada Saudiya fermasi bilan ijara shartnomasi tugatiladi

Kolorado Shtati universiteti yosh mehmonlarga qishloq xo'jaligi, chorvachilik, shu jumladan, o'simliklar genetikasi haqida amaliy ko'rgazmalar orqali ma’lumot berdi.

"Biz o'zimizga yoqqan eng yaxshi urug'larni saqlab, ularni keyingi yil ekamiz. Kelasi yil yana eng yaxshi o'simliklarning urug'larini saqlaymiz va ularni ekamiz. 10 000 yildan keyin endi bizda makkajo'xori bor”, - deya tushuntiradi universitet vakili Ketrin Eshelmen.

Keyin bolalar o'zlari xohlagan rangni olish uchun turli bo'yoqlarni aralashtirish orqali selektiv naslchilik qanday ishlashini o’rganadi.

“Bu o’quvchilar o'zlari xohlagan narsani ko’rguncha aralashtirib boradi. Qishloq xo'jaligida biz ekinlarni yetishtirishda xuddi shunday ishlaymiz", - deydi tadqiqotchi.

Ko'rgazmaning “Equicross” musobaqasida 14 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan chavandozlar bir qator mahorat va tezlik bo'yicha musobaqalashadi. Zuri Jorj va Greys Bejarano qutqaruv chavandozligi bo'yicha qatnashdi.

Buni ham ko'ring Tramp davrida fermerlar hukumatdan rekord darajada yordam olgan

“Men chiroq yashil yonishini kutaman. Yugurib borib, chavandozni qutqarib, orqaga qaytamiz. Oldindan muloqot va mashq qilib, men u yuqoriga ko'tarilishini kutib turadigan bo’ldim. Yarim yo‘lga yetib, sekinlashaman. Uning chiqishini kutaman. U chiqib o’rnashib olgach, o’zimni yaxshiroq his qilaman", - deydi Zuri ismli qatnashchi.

“Equicross” musobaqasi g’oliblariga 1200 dollardan ortiq stipendiya beriladi.