Arlington yoshlari jurnalistikani o'rganmoqda

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Virjiniya shtatining Arlington shahrida yo’lga qo’yilgan media tashabbus talabalarga nafaqat jurnalistikani o'rgatmoqda, balki jamiyatga mahalliy yangiliklarni ham taqdim etmoqda.

Juma kuni tushdan keyin o'smirlar to’planib, noutbuklarini ochgancha mahalliy yangiliklar haqida suhbatlashadi.

“Arlingtonda jamiyatimizga ta'sir qiladigan eng katta muammolar maktablar bilan bog’liq. Maktablardagi qurollardan tortib opioidlargacha, ayniqsa, o'smirlarning ruhiy salomatligi katta muammo”, - deydi tashabbus tashkilotchisi Kristen Klark.

Guruh treninglar o’tkazuvchi Arlington mustaqil media nodavlat tashkiloti tarkibiga kiradi.

“Biz yozishga, multimediyaga qiziqadigan, hukumat va siyosatga qiziqadigan bolalar bilan aloqaga chiqamiz. Uyida chet tilida gapiradiganlar bilan ham. Qarashimiz shuki, har kimning o’z hikoyasi bor”, - deydi Klark.

Buni ham ko'ring Afg'onistonda mahalliy radio hamon tirik

Haftalik yig'ilishlarda ular intervyu va reportaj qilish mumkin bo’lgan odamlar haqida gaplashadi. Trening qatnashchilaridan biri Arlingtonda va dunyoning yana bir nechta joylaridagina topish mumkin bo'lgan ekotizimni yoritmoqda.

“Men hozirda botqoq suvlarning kamyob resursi bo’lgan magnoliya botqog‘i haqidagi reportaj ustida ishlayapman. Ko‘pchilik bu haqda bilmaydi”, - deydi Koral De la Kruz-Novey.

Korel bu tashabbusga o‘tgan yili yozda qo‘shildi. Mahalliy yangiliklarni yoritish orqali ko’p narsa o’rganyapman, deydi u.

Yana bir talaba Rozi Ferguson boshqalar bilan hamkorlik qilayotganidan xursand.

“Ushbu dastur menga jurnalistikani sevdirdi, chunki oʻzimni qulay va xavfsiz his qildim. Narsalarni oʻrganishim mumkinligini bildim”, - deydi u.

Ularning ovozi “Arlington Amp” podkastida ham eshitiladi. Dasturni talabalar tayyorlaydi.

Maktab o'quvchisi Kodi Finnegan jahon rekordini yangilab, shu bahona reportaj ham tayyorlash niyatida.

Buni ham ko'ring Matbuot erkinligi uchun tinimsiz kurash, AQSh misolida

“Kolumbiya okrugi atrofidagi barcha metro bekatlarini eng tez aylanib chiqish bo’yicha rekord sakkiz soat. Men bu rekordni yangilab, uni “Arlington Amp” podkastining navbatdagi soniga aylantirmoqchiman”, - deydi u.

Finnegan rekordni yangilashga besh daqiqa kechikdi, ammo metro byudjetidagi bo'shliqlar va kechikishlar haqida yaxshi lavha tayyorladi.

“Yoshlar o’zlari uchun muhim narsalar bilan shug‘ullanayotganini ko‘rsangiz, bu “qo‘shnilarim bilan ko‘proq gaplashishim kerakdir”, degan eslatma bo’lishi kerak”, - deydi Klark.

O'z jamiyatlaridagi yangiliklarni xabar qilish orqali bu yoshlar mahalliy jurnalistikaning ta'siriga bevosita guvoh bo’lishmoqda.