AQShning ba'zi shtatlari o'lim jazosini amalga oshirishning yangi usullarini o'rganayotgan bir paytda, oliy jazoga qarshi bo’lgan jamoatchilik fikri ham oshib bormoqda.
Alabama shtati yanvar oyida o'lim jazosiga hukm qilingan mahbusni qatl qilish uchun birinchi marta azot gazidan foydalanganidan keyin AQShda o'lim jazosining qo'llanilishi bo’yicha bahslar yana o’rtaga chiqdi.
Shtatlar qatl qilishning muqobil usullarini qidirmoqda, chunki o'limga olib boruvchi ukol dorilar soni kamaygan. Ammo qatlning qaysi shakli eng insoniy deb hisoblanishi borasida hali bir qarorga kelinmagan.
"Ba'zi shtatlar otish usuliga qaytmoqda, boshqalari elektr toki orqali o’ldirishni yechim sifatida ko’rmoqda. Hech qanday qatl usuli ortiqcha og'riq va azob-uqubatlarga olib kelmasligi kerak; shtatlar uchun standart shu”, - deydi tadqiqotchi Robin Maher.
O'tgan oy Aydaxo shtatida seriali qotilga nisbatan muvaffaqiyatsiz tarzda qo’llanilgan ukol ortidan Yevropa Ittifoqi Qo'shma Shtatlarni dunyodagi tendensiyaga rioya qilgan holda o'lim jazosini bekor qilishga chaqirdi.
2022-yil holatiga ko’ra, dunyoning 55 ga yaqin davlatida o‘lim jazosi hanuz amal qiladi.
Buni ham ko'ring Aksariyat amerikaliklar o'lim jazosiga qarshi"O'lim jazosi jinoyatga to'sqinlik qila olmaydi; aksincha, adolatsizliklar yuz berishi ehtimoli bor va ularni qaytarib bo'lmaydi", - deydi Yevropa Ittifoqining Tashqi siyosat bo’yicha so’zlovchisi Piter Stano.
AQShning 50 shtatidan 27 tasi o'lim jazosini saqlab qolgan, biroq ularning faqat beshtasida o'tgan yili 24 kishiga nisbatan o’lim jazosi ijro qilingan.
“Gallup” so'rovlariga ko'ra, demokratlar orasida qotillar uchun o'lim jazosini qo'llab-quvvatlash kamayib bormoqda.
O'tgan yili demokratlarning faqat 32 foizi, respublikachilarning esa 81 foizi oliy jazoni yoqlagan.
"Adolat va tenglik yuzasidan tashvishlar mamlakat darajasida bu o'zgarishlarga turtki bo'lmoqda", - deydi Amxerst kolleji professori Ostin Sarat.
Shafqatsizlik va begunoh odamning o‘limga mahkum etilishi ehtimoli mavjud bo’lsa-da,
Nyu-York universiteti professori Robert Bleker o'lim jazosi butunlay bekor qilinishini kutmayapti.
“Jazoning yagona axloqiy asosi bu qasos. Chunki ba'zi odamlar o'limga loyiq bo'lgan juda jirkanch jinoyatlarni sodir qiladi", - deydi u.
2020-yilda prezidentlikka nomzod Jo Bayden oʻlim jazosini bekor qilishni vaʼda bergan edi. Biroq uning maʼmuriyati davrida baʼzi nomuvofiqliklar boʻldi, deydi tahlilchilar.
Your browser doesn’t support HTML5
Adliya vazirligi 2021-yilda federal qatllarga moratoriy e'lon qildi, ammo Pitsburg va Buffalo shaharlarida ommaviy otishma sodir etganlar uchun o’lim jazosi tayinlashga ruxsat berdi.
Ikkinchi muddatga prezidentlikka saylanishni umid qilayotgan sobiq prezident Donald Tramp giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchilarga o‘lim jazosi qo‘llashni taklif qilgan.
Tarixan, o'lim jazosi saylov yillarida AQSh saylovchilari uchun asosiy muhokama mavzularidan biri bo'lmagan.