AQShda o'qish qanchalik qiyin?
Your browser doesn’t support HTML5
2-qism: Yuridik sohada o'qish va amaliyot O'zbekiston va AQSh orasida qanchalik farqli? Yiliga 100 ming dollarga yaqin xarajat qilib, Amerikada o'qishga arziydimi? Kampusda hayot qanday?
Temurbek Po'latov Penn davlat universitetining huquqshunoslik fakulteti bitirish marosimida yuzlab tengdoshlari, professorlar va ma'muriyatga murojaat qilib, Amerikada olingan bilim va vatanda uni kutayotgan mas'uliyat va maqsadlar haqida so'zladi.
Muhammadli Yusupov ham Temurbek singari bu universitetdan shu sohada magistrlik diplomini olayotgan qariyb 50 o'zbekistonlikdan biri. AQShda o'qish mashaqqatlari va ilhombaxsh jihatlari haqida so'zlar ekan, u endi doktoranturaga kirish ustida o'ylanayotganini aytadi.