“To’satdan rus o`limi sindromi ” – bir qator rus diplomatlarining g’alati holatda o`lim topayotganini izohlash uchun ishlatilgan bu atama Moskvaning Mozambikdagi elchisi o`limidan so`ng yana iste`molga qaytdi.
68 yoshli Aleksandr Surikov 11-may kuni Maputi sahridagi rezidensiyasida vafot etdi.
O`limdan shuncha vaqt o`tganiga qaramay, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ham, Kreml mulozimlari ham faxriy diplomatni eslagani yo’q.
Rossiyada bu borada 12-may kuni davlat matbuoti tarqatgan, boshqa OAVlar ko’chirib bosgan tafsilotsiz, qisqa ma’lumotdan tashqari hech qanday xabar yo`q.
TASS davlat axborot agentligi Rossiya Tashqi ishlar vazirligidagi manbasiga tayanib shunday yozadi:
“Rossiyaning Mozambikdagi elchisi Surikov Maputida to’satdan vafot etdi. Ehtimoliy sabab - insult”.
Bu asosli emas.
12-may kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Surikovning o`limiga insult sabab bo`lganini ehtimol qildi.
Shu kuni Mozambikning davlat axborot agentligi AIM News Mozambik politsiyasiga tayanib, Rossiya elchisining jasadi Maputidagi markaziy shifoxona o`likxonasida “beshinchi raqamli yashik” da saqlanayotgani haqida yozdi.
Politsiya, shuningdek, shifoxonaning sud-tibbiy ekspertiza guruhi, politsiya ham jasadga tegmagani, chunki Rossiya konsuli Yuriy Doroshenko politsiyaga “jasadga mutlaqo yaqinlashmaslik” haqida ko’rsatma berganini ma’lum qilgan.
Surikov – g’alati holatda o`lim topayotgan rus diplomatlaridan iborat uzun ro’yxatdagi so’nggi marhum.
2023-yilning mart oyida “Diplomatic Courier” nashri shunday yozgan edi:
“2016-yil yanvaridan 2021-yil oktabriga qadar kamida 9 nafar yuqori mansabli rus diplomati, jumladan, Hindiston, Sudan va BMTdagi elchilar “to’satdan rus o’limi sindromi” doirasida vafot etdi”.