Amerikalik ko'ngillilar Ukrainada nima qilyapti?

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Rima Zyuraytis - Ukrainadagi amerikalik ko’ngilli. Bir yildan beri harbiylar va tinch aholiga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish bo’yicha trening o’tmoqda.

36 yoshli amerikalik Rima Zyuraytis “Ukraina United Help” tashkilotining Taktik tibbiyot loyihasi doirasida Kiyevda harbiylar, ko’ngillilar va tinch aholiga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha mashg’ulotlar o’tmoqda. AQShda moliyaviy kompaniyada ishlagan. Urush boshlanganida ishini tashlab, Ukrainaga keldi.

“Xarkovda qarshi hujum ketayotgan paytda keldim. To'rt kun yo’lda bo’ldik, frontga yaqin edi”, - deydi instruktor.

Ma'lumoti bo'yicha siyosatshunos bo’lgan Zyuraytis 2022-yilning dekabrida Ukraina bo’yicha AQSh Kongressida nutq so’zladi. Zyuraytisning kelib chiqishi – litvalik. Oilasi 1940-yillarda Rossiya bosqinidan qochib AQShga kelgan. Shu sabab ham Rossiya Ukrainaga bostirib kirganida, Ukrainaga yordam berishga oshiqdi.

“Ba’zi oila a’zolarimiz ko'chirilganlar uchun lagerga qochishga muvaffaq bo’lgan. Menga jur’at berayotgan narsa shuki, buvi va buvam vatanini ozod ko‘rmasdan o’tib ketdi”, - deydi trener.

Zyuraytis avval o’zi tibbiy yordam ko’rsatish bo’yicha treningdan o’tdi. Endi trenerlik qilmoqda.

Avstraliya armiyasining sobiq a'zosi Maykl Romalis ham ko'ngilli sifatida Ukrainaga kelgan. Treningdan o’tib, zarur bilimlarni o’zlashirib, so’ng Xarkov viloyatiga yo’l olmoqchi.

“Biz “Ukraina Patriot” xayriya tashkiloti bilan hamkorlik qilib, insonparvarlik yordami beryapmiz. Oziq-ovqat paketlari, antiseptik to'plamlar... O'tgan yili kiyim-kechak va tibbiy asbob-uskunalar ham tarqatganmiz. Izyum, Xarkovga yordam yetkazib berdik”, - deydi ko’ngilli.

Amerikalik tadbirkor Todd Brokenshir 2020-yilda Ukrainada biznes ochdi. Urush boshlansa ham, biznesini davom ettirishga qaror qildi.

“Jgut qo'yish! Qayerga qo’yiladi? Individual birinchi yordam to'plamlari nima? Ichida nima bor, nimaga ishlatiladi, shunga o'xshash narsalar”, - deydi ko’ngilli.

Zyuraytis Ukrainada qolib, trenerligini davom ettirish niyatida. Chunki odamlarning hayotini saqlab qolisni o’rgatmoqdamiz, bu esa xayrli ish, deydi u.