“Google” tomonidan qo‘llab-quvvatlangan va o‘zini “tarjimonlar uchun Uber” deb ta’riflagan “Tarjimly” nomli notijorat tashkiloti qochoqlarga til bilan bog’liq muammolarni yechishda yordam bermoqda. Sun'iy intellektga asoslangan “Tarjimly” dasturi katta til modellari bilan ishlaydi va zarur paytlarda tarjimon topish qiyin bo’lgan tillar uchun ko’ngilli tarjimonlarni topib beradi. Ko’ngillilar o‘zaro qo‘ng‘iroqlar orqali ma'lumot ulashib, shuningdek, avtomatik tarjimalarni to‘g‘irlashga ko’maklashadi.
“Tarjimly” ijtimoiy xizmat, immigratsiya xizmati xodimlari va shifokorlar bilan uchrashuvlar paytida qochqinlar uchun tarjimonlar topib berish bilan birga, yozib olingan suhbatlarni sun'iy intellektni treningdan o’tkazishda ham ishlatadi. Bemorning maxfiyligini hurmat qilish uchun “Tarjimly” o'z ilovasida suhbatlarni anonimlashtiradi. Javedning ta'kidlashicha, ilovada qayta foydalanish uchun ma’lumotlarni saqlamaslik tanlovi ham bor.
Javedning aytishicha, tashkilotdagi 60 000 dan ortiq ko‘ngillilarining aksariyati ko‘pmillatli muhojirlar bo‘lib, ular nafaqat muloqot qilayotgan shaxsning ona tilini, balki ularni shu yerga olib kelgan muammolarni ham chuqur tushunadi.
Masalan, 26 yoshli eritreyalik qochqin Roza Tesfazion Buyuk Britaniya hukumati uchun professional tarjimon bo’lib ishlaydi. Amxar va tigrinya tillarini ravon bilgan holda, u oilasi Keniyaga ko‘chib kelganida til to‘siqlarini yengishiga yordam berish uchun ingliz va suaxili tillarini ham o‘rgangan.
Your browser doesn’t support HTML5
Tesfazionning aytishicha, u bepul tarjima qiladi, chunki suhbatlarining ikkinchi tomonidagi odamlar uchun bu “qanchalik muhim” ekanini yaxshi tushunadi.
“Buning uchun insoniy his-tuyg‘ularga ega bo‘lish kerak”, - deydi u.
“Tarjimly” asoschilarining aytishicha, ularning missiyasi o‘ta nozik ma’lumotlarni o’z ichiga olgani sababli, korporativ tizimga qaraganda notijorat tashkilot maqomi ularga ko‘proq mos keladi. Notijorat tashkilot katolik xayriya tashkilotlari, Xalqaro Qutqaruv Qo‘mitasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro Migratsiya Tashkiloti kabi an'anaviy gumanitar guruhlar bilan hamkorlik qiladi.
Javedning so’zlariga ko’ra, bu ish hozirgi “tijoratga asoslangan, raqobatbardosh dunyoda” topish qiyin bo‘ladigan ishonchni talab qiladi.
“Muvaffaqiyatimizning asosiy dvigateli biz yaratgan jamiyatdir”, - deydi u.
Biroq bu jamiyatda sun'iy intellekt uchun ham joy bor. “Google” tomonidan ajratilgan 1,3 million dollarlik grant asosida kompyuter tayyorlaydigan tarjimalarni ko’ngillilar tekshira oladigan platforma yaratildi. 2025-yil boshida Google va boshqa yangi hamkorlar uchun til ma'lumotlarinini saqlaydigan Yangi axborot markazi ham ishga tushadi.
“Data & Society” tadqiqotchisi Ranjit Singxning so'zlariga ko'ra, tillarning yanada xilma-xil kutubxonasini takomillashtirish uchun “Tarjimly” taqdim etadigan suhbatlarning o’zi yetarli emas.
Avtomatlashtirish va inklyuziv raqamli yechimlarning ijtimoiy ta'sirini o‘rganuvchi Singxning aytishicha, tarjima xizmatlari har doim o‘rtada haqiqiy bir odam' bo‘lishiga muhtoj bo‘ladi.
“Jarayonning bir qismi tarjima qilish bo’lsa, boshqa qismi kimningdir hayotiy vaziyatini tushunishga harakat qilishdir, - deydi u. - Texnologiyalar bizga bu ishning ayrim qismlarini bajarishda yordam beradi. Ammo shu bilan birga, bu juda ijtimoiy xarakterga ega”.
Buni ham ko'ring AQShga maxsus dastur orqali kelayotgan afg'onlar juda oz“Tarjimly” loyihasi haqidagi g’oya Javedga Massachusets Texnologiya Institutini tamomlab, Silikon vodiysida ishlagan davrida, Gretsiya va Turkiyadagi qochqinlar lagerlarida arab tilida so‘zlashuvchilarga ko‘ngillilik qilgan vaqtida kelgan. 2001-yilda oilasi Qo‘shma Shtatlarga ko’chib kelgan musulmon amerikalik Javed qochqin buvisiga tarjimonlik qilgan bolaligini eslaganini aytadi.
“Elevate Prize” jamg'armasi bosh direktori Karolina Garsia Jayaram o'tgan yili “Tarjimly”ga 300 ming dollar ehson qildi.
“Xavf-xatarni yoqtirmaydigan xayriya sektorlari yangi texnologiyalarni qo'lga kiritishda sekin bo'lishi mumkin, lekin ularning ijobiy qo'llanilishini e'tiborsiz qoldirmasligi kerak”, - deydi u.
“Bu sun'iy intellekt haqida qo‘rquv kompleksiga tushib qolmaslikning ajoyib namunasidir, - deya qo’shimcha qiladi u. - Sun'iy intellekt sizning tashkilotingiz uchun qanday imkoniyatlarni ochib berishi mumkinligiga e’tibor qarating”.