Kichik O'zbekiston: Kurashshi Samad
Your browser doesn’t support HTML5
4-qism: AQShning eng yirik shahri Nyu-York va uning atrofida 10 million aholi bor. Ular orasia o'nlab ming o'zbekistonliklar. Bruklin ularning eng ko'pini o'z bag'riga olib, tumanda o'tgan 20 yil ichida Kichik O'zbekiston vujudga kelgan. Jamoa faollarining aytishicha, aksariyati grin-karta lotereyasi yutib kelgan. Kichik O'zbekistonda eng tanilgan tashkilot - Mahalla USA. Bir necha yil oldin u ZiyoArt degan maktab ochgan. Maqsad - vatandoshlar va ularning Amerikada ulg'ayayotgan avlodlariga milliy qadriyatlar asrashda yordam berish, shuningdek, kattalarga yangi jamiyatga moslashishda madad ko'rsatish. O'zbek tili va tasviriy san'ati to'garaklari, ota-onalarga ingliz tili kurslari, ijtimoiy foydali mashg'ulotlar, madaniy tadbirlar va sport orqali Mahalla USA Kichik O'zbekistonda birdamlik va yaqinlikni targ'ib qiladi. "Amerika Ovozi" bu safar nafaqat hozirgi faoliyat bilan tanishdi, balki vatandoshlarning saylovoldi fikr-qarashlarini ham o'rgandi.