Amudaryo, Afg'oniston-O'zbekiston chegarasida
Your browser doesn’t support HTML5
1-qism: Tojikiston tog'larida boshlanib, Afg'oniston, O'zbekiston va Turkmanistondan oqadigan Amudaryo Surxondaryo, Buxoro, Xorazm va Qoraqalpog'iston uchun o'ta muhim manbadir. Afg'oniston kanal qazib, daryodan ko'proq suv olish harakatida ekan, chegaradosh viloyat Surxondaryoda vaziyat qanday? "Amerika Ovozi" Amudaryodan hosil bo'ladigan Amu-Zang bo'ylarini kezib, mahalliy mutasaddi va mutaxassislar bilan gaplashdi.