YXHT missiyasi: O'zbekistonda yana bir nodemokratik saylov

  • Amerika Ovozi

27-oktabr kungi parlament saylovi natijalari

O'zbekiston Markaziy saylov komissiyasiga ko'ra, kechagi saylovda mamlakat parlamentidagi aksariyat o'rinlarni Liberal demokratik partiya egallagan. Ikkinchi o'rinda "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi.

Saylovoldi kampaniyasi va ovoz berish jarayonini kuzatgan Yevropada Xavfsizlki va hamkorlik tashkilotining Inson huquqlari va demokratik institutlar byurosi missiyasi xulosa qilishicha, O'zbekistondagi ushbu tadbir bu safar ham demokratik talablarga javob bermagan.

Islohotlarga qaramay, deydi kuzatuvchi delegatsiya, O'zbekistonda siyosiy muhit tor, haqqoniy tanlov imkonsiz va uzviy huquqlar qonunchilikda va amalda cheklangan.

Tashkilot shu kungacha Ozbekistonda 10 dan ortiq saylov va referendumni kuzatgan. Birortasi demokratik deb topilmagan.

Missiyaga ko'ra, tizimga berilgan tavsiyalar qisman bajarilgan. Ovoz berish yangicha usulda o'tkazilgani, o'tgan yillardagi konstitutsion islohotlarga qaramay kampaniya past ruhda o'tgan. Partiyalar orasida raqobat va farq sezilmagan.

Buning ustiga matbuot jarayonlarni erkin va keng yoritmagan.

Xotin-qizlar orasidan ko'proq nomzodlar chiqqani progress sifatida talqin qilingan.

Uzbekistan election

Uzbekistan election