O'zbek Chikago: Vatandoshning hech kimga og'irligi tushmasin

Your browser doesn’t support HTML5

4-qism: Chikagodagi O'zbek-Amerika uyushmasiga 2000-yillarda asos solingan. Ayni damda AQSh bo'ylab o'zbekistonliklarning kamida 20 tashkiloti bo'lsa, bunisi boshidanoq konkret maqsadlari bilan tanilgan. Vatandoshlarga yordam berish, ta'limiy dasturlar va Illinoys shtatida yashayotgan elatdosh va yurtdoshlar birdam bo'lishini ta'minlash. Uyushma endilikda o'z qarorgohi va bo'limlariga ega. Uning yetakchisi va faollari bilan "Amerika Ovozi" Neypervill shahridagi markazida uchrashdi.