Prezident Donald Tramp ingliz tilini Qo’shma Shtatlarning rasmiy tili sifatida belgilash to’g’risida farmon imzoladi. Mamlakatning qariyb 250 yillik tarixida hech qachon davlat tili bo’lmagan.
“Mamlakat miqyosida belgilangan til birdam va yaxlit jamiyatning asosini tashkil etadi. Fuqarolar bitta umumiy tilda erkin fikr almashishi AQShni mustahkamlaydi”, - deyiladi farmonda.
Bu bilan, Bill Klinton prezidentligi davrida joriy etilgan federal mandat bekor qilinadi, endilikda davlat idoralari fuqarolarga boshqa tillarda ham xizmat ko’rsatishi talab etilmaydi.

Oq uy, Vashington, 28-fevral, 2025
Amerikaning 30 dan ortiq shtatlarida ingliz tili allaqachon rasmiy deb begilangan, Alyaska va Gavayida mahalliy xalqlar tillariga ham rasmiy maqom berilgan.
AQSh Aholini ro’yxatga olish byurosi ma’lumotlariga ko’ra, amerikaliklarning 78 foizi uyida ingliz tilida gaplashadi. Mamlakatda 42 million ispan tilida, uch million xitoy tilida so’zlashuvchilar bor.
Yanvarda Oq uy rasmiy veb sahifasining ispan tilidagi versiyasi o’chirib qo’yilgan edi va haligacha tiklangani yo’q.
Ingliz tilini rasmiy yilga aylantiirish shu kungacha Kongressda ko'p muhokama qilingan, ammo chetga surilgan. Oq uy prezident farmoni orqali bu masalani hal qilmoqda.