NATO Andijon voqealari yuzasidan xavotirda

NATO, ya'ni Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti, O'zbekistonda yuz bergan qonli voqealardan tashvishda ekanligini bayon etib, mavjud aloqalarning davom etishi mamlakatning asosiy inson huquqlarini taminlashiga bog'liq deya ta'kidladi.

"Biz O'zbekiston xavfsizlik kuchlari tomonidan [namoyishchilarga qarshi] kuch ishlatilganini qoralaymiz," -dedi NATO o'z bayonotida. "Biz Birlashgan Millatlar Tashkilotining shu voqealar bo'yicha mustaqil xalqaro tekshiruv o'tkazish borasidagi taklifini qo'llab quvvatlaymiz va O'zbekiston rahbariyatini tekshiruvga rozilik berishga chaqiramiz."

O'zbekiston NATO a'zosi bo'lmasa-da, tashkilot bilan Alohida Hamkorlik Dasturi doirasida ish olib boradi.

"NATO barcha hamkor davlatlar asosiy inson huquqlari va boshqa fundemantal qadriyatlarni ta'minlash bo'yicha o'z majburiyatlarini bajaradilar deb umid qiladi," -deyiladi bayonotda.

Yevropa Ittifoqi ham Andijon voqealari yuzasidan mustaqil xalqaro tekshiruv o'tkazishga undab kelmoqda.