Prezident Bush Oq uyda iftor o'tkazdi

Ramazon oyi munosabati bilan, kecha prezident Bush musulmon yetakchilarini Oq uyga taklif qilib, ziyofat berdi. Muxbirimiz Pola Vulfsonning xabar berishicha, mehmonlar orasida taniqli Amerikalik musulmonlar va musulmon davlatlarining elchilari ham bo’lgan.

Mehmonlarni qabul qilib, iftor o’tkazish va Ramazon oyini nishonlash Oq uyda odat tusiga kirgan.

- Oliy martabali mehmonlarimiz AQShdagi millionlab musulmonlarning vakillaridir, va biz ularni faxrlanib Amerikalik deb ataymiz, - dedi Bush.

Islom dini e’tiqod va oila qadriyatlariga asoslanadi, dedi AQSh prezidenti, va yig’ilgan mehmonlarni ko’plab musulmon olimlarga qo’shilib, olloh nomi ostida yovuzlik qilayotganlarni qoralashga chaqirdi.

- Fikrimcha, barcha musulmon yetakchilari Islom dinidan siyosiy maqsadlarda foydalanayotgan kishilarni qoralashi kerak, - deya ta’kidladi Bush.

Prezident Bush, mehmonlar oldida so’zlar ekan, hammaning erkin yashashga huquqi bor, dedi va barchani diniy hamjihatlikka chaqirdi. AQShda va dunyoda aqidaparastlikka o’rin yo’q, dedi Bush.

- Bu yerda yig’ilganlarning hammasi bir fikrda, ya’ni AQSh erkin va hamjihat davlat. Bu yerda har bir kishi xohlagan diniga ishonadi, - dedi president.

Bu Oq uyda tashkil etilgan beshinchi iftor edi. Birinchisi esa, 2001 yilning 11 sentyabr voqealaridan keyin o’tkazilgan edi.