ShHT: AQSh Markaziy Osiyoni tark etish muddatini belgilasin

Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Ijroiya kotibi xitoylik Chjan Deguangning aytishicha, Qo’shma Shtatlar Markaziy Osiyodan qo’shinlarni olib chiqish uchun aniq muddat belgilashi kerak. Gap AQShning O’zbekiston va Qirg’izistondagi qo’shinlari haqida ketmoqda. Biroq, dedi Zhang, bu ultimatum emas.

Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlarning hukumat rahbarlari ishtirokida Moskvada o`tgan navbatdagi sammitida O`zbekistondan Bosh vaziri o`rinbosari O’tkir Sultonov ishtirok etdi.

“Tashkilotga a'zo davlatlar jug`rofiy o'rni jihatidan ham va aholi resursi jihatidan ham salobatga egaligini takidlash kerak,"- deydi siyosiy sharhlovchi Bahodir Musayev. "Biroq tashkilotni harbiy siyosiy blok sifatida ko`radigan va shu nuqtadan yondashadigan bo`lsak, mintaqadagi xavsizlikni aynan Shanxay Hamkorlik tashkiloti kafolatlay oladi, deyish noto`gri bo`lardi. Xavsizlik borasida G'arb va AQShning salohiyatiga suyanish lozim bo`ladi," - deydi Bahodir Musayev.

Moskvada Shanxay hamkorligi tashkilotiga a`zo davlat rahbarlari hukumat rahbarlari ishtirok etgan sammitda davlatlar vakillari ishtirokida Ishbilarmonlar kengashi tuzish va favqulotda vaziyatlarda ko`mak ko`rsatish kabi bir qator hujjatlarga imzo chekilgan.