Uzoq yillar davomida O'zbekiston hukumati tarkibida muhim lavozimlarni egallab kelgan va so'nggi paytda Toshkent viloyati hokimi bo'lib xizmat qilgan Kozim To'laganov ishdan bo'shatilgan.
So'nggi vaqtlarda Toshkent viloyati hokimi bo`lib ishlagan Kozim To`laganov, rasmiy ma'lumotlarga ko`ra, o`z arizasiga ko`ra, ishdan bo`lshatilgan. Biroq Toshkent viloyat hokimyatida o`tkazilgan yig`ilishda prezident Karimovning Kozim To`laganov faoliyatini qattiq tanqid ostiga olgani prezidentning To`laganov faoliyatidan qoniqmaganligini ko`rsatadi.
Islom , kadrlar sohasiga ahamiyat qaratilmagani, davlatga paxta sotish rejasini Toshkent viloyati oxirgi o`rinlarda bajarganiga urg'u bergan.
Ayrim kuzatuvchilar Kozim To`laganovning istefosi uning Bosh vazir o`ribosarligidan ketgandan so`ng tasdiqlangan rejaga ko`ra amalga oshirilayotganiga urg`u berishadi. Bu qarashlarga ko`ra To`laganovning ishdan ketishi Bosh vazir Shavkat Mirziyoevning o`ziga yaqin jamoa tuzayotgani bilan bo`gliq.
Mahalliy kuzatuvchilardan biri Toshp`olat Yo`ldoshev esa Kozim To`laganovning istefosiga oid mulohazalarini bidirar ekan, "Menimcha, bu O`zbekiston prezidenti jamoasidagi bo`linish bilan bog`liq, hozirgi mavjud siyosatdan norozilik kuchli va bu norozilikni yashirib bo`lmayapti. Buning asosiy sababalari shundan iborat”,- deydi.
Kozim To`laganov avval Toshkent shahar hokimi, keyinchalik O`zbekiston bosh vaziri o`rinbosari bo`lib ishlagan.