"Ozodlik" radiosining muxbiri ozod etildi

"Ozodlik" radiosining o’zbek xizmati muxbiri Nosir Zokirov yakshanba kuni olti oylik qamoq jazosini o’tab, ozodlikka chiqarildi. U xavfsizlik xizmatchisini haqorat qilgani sabab hibsga olingan edi.

Jurnalistlarni himoya qilish xalqaro qo’mitasi rahbari, Anna Kuper, O’zbekistonda mustaqil jurnalistlarga qarshi olib borilayotgan bosimni qoralab, Nosir Zokirovning ozod etilganidan xursandmiz, dedi, ammo uning aytishicha, Zokirov bir kun ham qamoqda yotmasligi kerak edi.

"Biz O’zbekiston sudlarining siyosiy maqsadlarda qo’llanilayotgani, hamda muxbirlar o’gzini yopishga qaratilgan harakatlardan dahshatdamiz,"- dedi tashkilot raisi Anna Kuper.

Chegara bilmas muxbirlar tashkiloti ham bu borada bayonot chiqardi. Tashkilotga ko’ra, Nosir Zokirovning ozod etilishi ijobiy hol bo’lsa-da, uning 6 oy davomida qiynoqlarga solinganini oqlab bo’lmaydi.