Nasroniylar Xalqaro Birdamlik tashkiloti, “Human Rights Watch” inson huquqlari tashkiloti va Xalqaro bo’hronlarni o’rganish bo’yicha guruh vakillari birgalikda Yevropa Ittifoqiga maktub yo’lladilar. Maktubda asosiy masala bu Turkmanistonning Yevropa mamlakatlari bilan savdo aloqalarini to’xtatishga qaratilgan.
Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar qo’mitasi Turkmaniston bilan savdo aloqalari o’rnatish bo’yicha muvaqqat kelishuvga ovoz bergan. Kelishuv shartlariga ko’ra, Turkmaniston rahbariyati yetti yil muddat ichida mamlakatda inson huquqlarini ta’minlashi va iqtisodiy islohotlar o’tkazishi lozim.
Inson huquqlarini himoya qiluvchi xalqaro tashkilotlar, prezident Saparmurot Niyozov yuqorida talab qilingan islohotlarni o’tkazishiga ishonchsizlik bildirib, Yevropa Ittifoqini Turkmaniston bilan barcha turdagi savdo aloqalarni to’xtatishga chaqirmoqda.