Yevropa Ittifoqi Tojikistonni demokratiyalashtirishga yordam beradi

29 mart kuni Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkilotining yangi raisi, Belgiya tashqi ishlar vaziri Karl De Guxt (Karel De Gucht) Tojikistonga tashrif buyurib, mamlakat rahbari Imomali Rahmonov bilan uchrashdi. Uchrashuvda tomonlar mazkur yilning oktyabr oyiga belgilangan prezident saylovlarida tashkilotning Demokratik institutlar va inson huquqlari boshqarmasi kuzatuvchilari ishtirok etadi, deya kelishib oldilar.

Janob De Guxt intervyusida, tashkilotning asosiy maqsadi Tojikiston bilan hamkorlik orqali mamlakatda demokratik qadriyatlarni shakllantirib, prezident saylovlarini ochiq va adolatli tarzda o’tkazishga yordamlashishdir, dedi. Unga ko’ra, Yevropa Ittifoqi Tojikistonda demokratiyani shakllantirishda yordam berishga tayyor.

Jurnalistlar bilan suhbatda, janob De Guxt mamlakatda ko’rib chiqilayotgan yangi, nohukumat tashkilotlar borasidagi qonun saylovlar o’tmaguncha qabul qilinmasligini bildirdi.

“Nohukumat tashkilotlar biror qoidani buzgan taqdirda, ularni oddiy qonunlardan foydalanib jazolash mumkin. Maxsus qonunning esa ularni nazorat ostiga olishda ishlatilishi hech gap emas”, - dedi Karl De Guxt, “Regnum” axborot agentligiga bergan intervyusida. De Guxt Markaziy Osiyo safari davomida O’zbekistonga tashrif buyurmaydi.