Almatida o'zbekistonlik qochqin ushlangan

BMTning Qochqinlar bo’yicha Oliy komissariati (UNHCR) 24 iyun kuni Almatida hibsga olingan o’zbekistonlik qochqin taqdiridan xavotirda ekanini ma'lum qildi.

G’abdurafiq Temirboyevga o’tgan oyda Komissariat tomonidan rasman qochqin maqomi berilgan edi. Shu munosabat bilan Qozog’iston rasmiylari uni hibsga olmaslikka yoki unga qarshi ayblovlar qo’ymaslikka rozilik bergan edilar.

G’abdurafiq Temirboyev Qozog’istonda 7 yildan buyon oilasi bilan yashab kelgan. Ma’lumotlarga ko’ra, Qozog’iston uni O’zbekistonga chiqarish masalasini 10 kun ichida ko’rib chiqadi. BMT qochqinlar agentligi Qozog’istondan Temirboyevni ozod etishni so’ramoqda.