O`zbekistonning Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyat doirasidagi erkin iqitisodiy hududda ishtiroki mavhum bo’lib qolmoqda.
Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyatida yagona iqtisodiy hudud amaliyoti avvalo Belarus, Rossiya va Qozo`giston o`rtasida qaror topadi. Bu haqda Sochidagi norasmiy uchrashuvdan so`ng Rossiya prezidenti Vladimir Putin bildirdi.
“Belarus , Rossiya va Qozog`iston hududida yagona bo`jxona ittifoqini amalga oshirish uchun huquqiy me`yorlarni ishlab chiqish topshirildi. Tabiyki, maqsad keyinchalik bu ittifoqqa tashkilotning boshqa a`zolarini qo`shish”, - dedi Rossiya rahbari.
Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyati rahbari Grigoriy Rapotaning O`zbekiston matbuotiga bergan intervyusida ham aniq faktlar uchramaydi. Rapota faqat O`zbekistonning tashkilotga kirishi muhumligini qayd etish bilan cheklanadi.
O`zbekiston Oliy Majlisidagi fraksiylar O`zbekistonning Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyati hududida yagona iqtisodiy muhutni barpo etishga qo`shilishi haqidagi qonunni muhokama qilgan.
Mahalliy ekspertlarga ko`ra, O`zbekston Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyati doirasidagi qonuniy hujjatlarni imzolashi mumkin, lekin erkin iqtisodiy muhutga qarshlik qilishda davom etadi.
Ekspert Toshpo`lat Yo`ldoshev fikricha, erkin iqtisodiy hudud ahvolni tubdan o`zgartiradi, chegaralarni ochadi, narx-navolar tushadi va soliqlar nisbati o`zgaradi.
“O`zbekiston tashkilotga rasman a`zo, lekin tashkilot doirasidagi talablarni bajarish uchun O`zbekistonning kuchi yetmaydi. O`zbekiston prezidenti ichki yalpi ishlab chiqarish yetti foizga oshgani haqida gapirayapti. Agar rostdan ham shunday iqtisodiy “mo`jiza” bo`layotgan bo`lsa, O`zbekiston yagona iqtisodiy muhitga qo`shilishi kerak. Lekin men bu raqamlarga shubha bilan qarayman. O`zbekiston hujjatlar imzolangan bilan chegaralarni ochmaydi, muzokaralarni orqaga tashlab kelaveradi”, - deydi Toshpo`lat Yo`ldoshev.
Sochidagi norasmiy sammitda Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyatiga a`zo davlatlarning yagona energetika bozorini yaratish masalasi ham muhokama qilingan.
Jumladan, shu mavzuda O`zbekiston prezidentining Ukraina Bosh vaziri Viktor Yanukovich bilan uchrashuvi bo`lib o`tgan.
Ekspertlar yagona energetika bozori aynan Rossiya orqali o`tishi muhokama etilgan. Mintaqa davlatlarining energetik zahiralarini aniq bir yo`lga bo`glanishi esa imkoniyatlarni cheklashi ur`gulanadi.
Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyati ayni paytda Markaziy Osiyo mintaqa davlatlarini birlashtirib turgan yagona tashkilot. Undagi yetakchi o`rinni Rossiya egallagan. Mintaqa davlatlarini birlashtirgan boshqa bir ittifoq - Shanxay Hamkorlik Tashkilotida esa yetakchilik Xitoyga va Rossiyaga tegishli.
Mintaqa davlatlari birlashgan yagona tashkilot - Markaziy Osiyo Hamkorligi Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyati evaziga tugatildi.
Siyosatchilarga ko`ra bunday vaziyat, ya’ni faqat ikki buyuk davlat - Rossiya va Xitoy qamrovidagi muhut, mintqa va ayniqsa O`zbekistonning geosiyosiy jarayondagi imkoniyatlarini cheklaydi.
Aynan shu kabi holat AQSh Davlat kotibi yordamchisi Richard Baucherning Toshkentga tashrifi chog’ida ham ta`kidlangan edi.
Janob Baucherning aytishicha, AQSh O`zbekistonning Rossiya va Xitoy bilan aloqalarini, mamlakat mustaqilligini mustahkamlash harakatlarini yaxshi tushinadi. “Shu bilan bir qatorda mustaqillikni mustahkamlashdagi imkoniyat yo`llari cheklanmasligi zarur. AQSh aynan shunday imkoniyatalar uchun O`zbekistonga ko`mak berishga tayyordir”,-deydi Baucher.