Orol dengizi tabiiy gazi yuzasidan yangi shartnoma imzolandi

O’zbekiston Xitoy, Janubiy Koreya, Malayziya va Rossiya bilan hozirga kelib ko’p qismi qurib bitgan Orol dengizi hududidagi tabiiy gaz zahiralarini tadqiq qilish va ishga solish bo’yicha bitim imzoladi.

Loyiha ikki qismdan iborat. Birinchi bosqich 2007 yilda boshlanadi. Unda sarmoyachilar guruhi ikki quduq ustida tekshiruvlar olib boradi. Buning uchun 100 million dollarga yaqin mablag’ ajratilgan. 2012 yildan boshlab tabiiy gaz ishlab chiqarish uchun jami 200 million dollar sarflanishi ko’zda tutilgan.

Chiqarilgan gazning yarmi O’zbekistonda qoladi, qolgan qismi esa sarmoyachi davlatlar tomonidan bo’lib olinadi.