Birlashgan Millatlar Tashkiloti qochqinlar agentligi (UNHCR) O'zbekiston fuqarosi Rustam Mo’minovning Rossiyadan vataniga ekstraditsiya qilingangani yuzasidan tashvish bildirmoqda.
Rossiyada 2001 yildan beri yashab kelgan Rustam Mo’minov 24 oktyabr kuni O’zbekistonga topshirilgan va hukumat tomonidan terrorizmda ayblanmoqda.
Mo’minovga Moskva sudi qarori ustidan apellyatsiya tarzida shikoyat qilish imkoniyati berilmadi, deydi BMT qochqinlar agentligi vakili Ron Redmond. Uning aytishicha, Mo’minovning O’zbekistonga qaytarilgani BMT qochqinlar konvensiyasiga ziddir. O’zbekiston hukumati Mo’minovni Hizb-ut-Tahrir partiyasiga a’zolikda ayblaydi.
Xalqaro Amnistiya va Human Rights Watch kabi xalqaro inson huquqlari tashkilotlari Rossiya hukumatini Mo’minov O’zbekistonda qiynoqlarga solinishi mumkin deb, uni vataniga chiqarmaslikni so’ragan edi. Biroq Mo’minovning “propiska”si yo’qligi sabab Moskva sudi uni deportatsiya qilgan.
Rustam Mo'minov Rossiyaning Lipetsk shahrida avvaliga bolalar oshpazi bo’lib ishlagan, so’ng esa o’z kafesini ochgan.