O'zbekistonga demokratiyaning universal shakli to'g'ri kelmaydi?

Toshkentda o’tgan xalqaro konferensiyada ta’kidlanishicha, O’zbekiston demokratiyaning universal shaklini qabul qila olmaydi va shu bois o’ziga xos ixtisoslashgan demokratik islohotlar yo’lidan borishi lozim.

Mustaqil kuzatuvchilar fikricha esa hukumat demokratiyadan diktaturaga xizmat qiluvchi tamoyillar izlamoqda.

O`zbekiston rasmiylari va mutaxassislari fuqarolik jamiyatining shakllanishida asosiy diqqatni diniy ektremizm va milliy an`analarga qaratmoqda.

Anjuman “Markaziy Osyio mamlakatlarida fuqarolik jamiyati asoslari shakllanishida islom omili, an`ana va urf-odatlarning roli va ahamiyati” deb nomlanadi.

Tadbir O`zbekiston Fuqarolik jamiyatini shakllantirish instituti, AQSh Demokratiya instituti, Germaniyaning Fridrix Ebert jamg`armasi vakolatxonalari tomonidan tashkill etilgan.

Unda Yevropa, Osiyo va mintaqa davlatlaridan bir qator tahlilchilar ishtirok etmoqda. Chet-ellik tahlilchilarning ko`pchiligi xalqaro miqyosda O`zbekiston hukumati pozitsiyasini qo`llab-quvvatlsh bilan tanilgan kishilardir.

AQShlik mutaxassis Frederik Starr, britaniyalik ekspert Shirin Akiner shular jumlasidandir. Shirin Akiner xonim nazarida fuqarolik jamiyati O`zbekistonda mahalla tizimi orqali rivojlanib bormoqda.

O`zbekistonlik ekspertlar fikricha ekstremistik diniy oqimlar mamlakatga xavf solmoqda va bu holat G`arb tomonidan e`tiborga olinmayapti. Aksincha, deyishadi ular, O`zbekiston G`arb tomonidan diniy ekrinliklarni bo`g'ishda tanqid qilinmoqda.

Jahon Iqtisotiyoti va diplomatiyasi universteti rektori Hamidulla Karamatovning aytishicha, fuqarolik jamiyati uchun asosiy me`zon bo`lgan diniy sabr- toqatlilik O`zbekistonda mavjud. Biroq, deydi Karamatov, bu narsaning G'arbda mavjudligiga shubha bian qaraydi.

Karamatov nazarida O`zbekistonga G'arb taqdim etayotgan demokrtaiyaning universal shakli to'g'ri kelmaydi.

“Ta'kidlab o`tmoqchiman, bunday maslahatlar fuqarolik jamiyatining shakllanishiga, transmilliy ravishda o`zaro tushinishga to`sqinlik qiladi. Hizb -ut -Tahrir esa G`arbda fuqarolik jamiyatining asoslari sifatida qabul qilingan barcha prinsiplarga qarama qarshidir”, - deydi Karamatov.

O`zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar institutu vakili, professor Nazarov fikricha esa barcha mamlakatlar uchun bir xil demokratiya shakli mavjud emas.

Mustaqil kuzatuvchilardan Baxtiyor Isabek nazarida O`zbekiston demokrtiyaning amaldagi tuzum manfaatini ko'zlovchi tamoyillarini qidirmoqda.

“Mohiyatan bizning hukumat demokratiya tarafdori emas, unga qarama qarshi, misol tariqasida tushunsam. Mahalla oqsoqollari hech qachon saylangan emas. Yillar davomida bir joyda muqim yashagan va obro` e`tibor qozongan kishilar o`z-o`zidan mahalla oqsoqoli bo`lganlar. Garchi ularni birov saylamagan bo`lsa ham. Hozir shu institutdan nima vujudga keltirdilar? Agar bular demokratiya tarafdori bo`lganida edi mahallaning shu xususiyatlarini saqlab qolardi, hozir eski selsovetdan ham battar ahvolga keltirildi”, - deydi Isabek.

Siyosatshunos ta'biricha, O'zbekiston G`arb demokratiyasidan diktaturaga nima xizmat qilishi mumkin bo`lsa, shuni olayapti. Diktaturaga xizmat qilmaydigan holatlarda esa milliy mentalitet haqida eslab qolyapti.

Kuzatuvchilar fikricha O`zbekiston hukumati ekstremizm xavfidan siyosiy maqsadlarda, jumladan muxolif partiyalar faoliyatini bo`g`ish uchun foydalanmoqda.

Muxolifatdagi “Erk” partiyasi bosh kotibi Otanazar Oripovning aytishicha, O'zbekistonda ekstremizm va terrorizm xavfini kuchaytirish uchun hukumat minglab qalbaki ekstremistlar va qalbaki terrorchilarni qamoqqa tashlagan.

“Qalbaki jinoyatlar, ayblovlar bilan odamlarning qamoqda o`tirishidan kim manfaatdor, xalqmi, xalqaro tashkilotlarmi? Aminmanki, bundan faqatgina O`zbekiston hukumati manfaatdor, aynan siyosiy maqsadlar uchun”, - deydi Oripov.