Kambag'al davlatlarga qarz beruvchi Jahon Banki (World Bank) O’zbekistonda ta’lim tizimini rivojlantirish maqsadida mamlakatga 40 million dollar mablag’ ajratdi.
Bank fikricha, O’zbekistonda boshlang’ich maktabga qatnash yaxshi yo’lga qo’yilgan (99 foiz), savodxonlik darajasi yuqori (99.3 foiz), o’rta va oliy ma’lumotli kishilar aholining 75 foizini tashkil etadi.
Ammo Jahon Banki nazarida, darsliklarning yetishmasligi, aholining, xususan o’qituvchilar maoshining pastligi, maktab binolarining ta’mirdan o’tmagani va interaktiv o’qitish usullarining yo’qligi sifatli ta’lim olish yo’lida g’ov bo’layotgan omillardir.
"Boshlang’ich Ta’lim" loyihasi O’zbekiston maktablarini o’quv qurollari bilan ta’minlash, muallimlar va maktab rahbarlari malakasini oshirish, maktablarni moliyalash va boshqaruvni jonlantirish kabi maqsadlarni o’z ichiga oladi.