AQSh Mudofaa vaziri Donald Ramsfeld ishdan ketdi

AQSh Mudofaa vaziri Donald Ramsfeld lavozimidan bo’shadi.

Prezident Bush uning o’rniga Markaziy Razvedka Agentligining sobiq raisi, 63 yoshli Bob Geytsni tanlagan.

Demokratlar Vakillar Palatasini qo’lga olgach, prezident Bush xalq Iroqdagi ahvoldan norozi ekanini tan olgan.

2001 yilda vazir etib tayinlangan, 74 yoshli Ramsfeld anchadan beri demokratlar va hatto respulikachilar tomonidan keskin tanqid ostida edi. Biroq Bush Ramsfeld uning prezidentligi oxirigacha xizmat qiladi, deb kelar edi.

AQShning iste’fodagi generallari Ramsfeldning Iroqqa nisbatan siyosatini qoralab keladi. Mudofaa vaziri lavozimi noharbiy mansabdir.