AQSh Qirg'izistondagi o'zgarishlarni demokratik deb atamoqda

AQSh hukumati, Qirg’izistonda siyosiy nizolar muzokara yo’li bilan hal etildi, deya olqishlamoqda.

Qirg’izistondagi AQSh elchixonasi matbuot vakili Azamat Abobakirovning aytishicha, qirg’iz muxolifati va hukumati konstitutsion islohotlar o’tkazish borasida murosaga kelganini, shuningdek, Qirg’iziston hukumati fuqarolarning qonuniy va tinch namoyish o’tkazish huquqiga nisbatan ko’rsatgan hurmatini AQSh maqtovga sazovor deb biladi.

Avvalroq matbuotda AQSh Davlat departamenti spikeri Gonzalo Gallego (Gonzalo Gallegos) Qirg’iziston hukumati va muxolifati o’zaro murosaga kelganini yuksak baholagan edi.

Yevropa Ittifoqi ham Qirg’izistonda hukumat va muxolifat o’rtasidagi bahslarga tinchlik yo’li bilan cheklanganidan xursandlik izhor qildi.

8 noyabr’ kuni Qirg’iziston prezidenti Qurmanbek Bakiev Bishkekda bir hafta davom etgan muxolifat namoyishidan keyin o’z vakolatlarini cheklovchi yangi konstitutsiyani imzolagan.