O'zbekistonning qoloq bank tizimiga ishonch yo'q

Mutaxassislar nazarida O`zbekiston iqtisodiyotidagi eng zaif nuqtalaridan biri bu bank tizimidir.

Rossiyaning “Interfaks” agentligi Iqtisodiy Tahlil Markazi tadqiqotlariga ko`ra O`zbekistonda mavjud bank tizimi nafaqat mintaqa, balki sobiq Sovet davlatlari orasida ham eng quyi o`rinlardan birini egallaydi.

O`zbekiston banklarida rivojlanish emas, aksincha pasayish kuzatilmoqda. Bu ko`rsatkichlar bank aktivlari sarmoya jalb qilishi, kreditlar va xizmat ko`rsatish darajasiga qarab o`rganilgan.

Bank taraqqiyoti jihatdan yetakchi o`rinlarni Qozog`iston, Rossiya va Ukraina banklari egallagan.

Qozog`iston bank tizimi rivojlanishi yuzasidan eng ilg`or mamlakatligi qayd etilgan. Masalan, aktivlar miqdori bo`yicha yetakchi o`rinlarga ko`tarilgan Qozog`iston banklari ko`rsatkichlari O`zbekiston bankiga qaraganda bir necha marotabaga ko`p.

Iqtisodiy Tahlil Markazi ekspeti Aleksey Buzdalin fikriga ko`ra O`zbekiston banklarining kreditlar bo`yicha ko`rsatkichlari yildan-yilga pasayib bormoqda va bank tizimining rivojlanishiga umid uyg`otuvchi ko`rsatkichlarning o`zi yoq.

Espertlarga ko`ra mamlakat iqtisodining rivojlanishi banklarlarning moliyaviy qudratiga qarab aniqlanadi.

O`zbekiston Moliya instituti dotsenti, iqtisodchi Ibrohim Hakimov fikricha tadqiqqot natijalaridan qa'tiy nazar O`zbekistonda bank tizimi rivojlanmoqda.

Ibrohim Hakimov deydiki, O`zbekiston banklarining moliyaviy qudratini MDH miqyosida solishtirish iqtisodiyot rivojlanishi haqida aniq xuloslar bermaydi.

“Bu sur'atlar bo`yicha baho berish bir tomonlama bo`ladi, negaki O`zbekistonning o`ziga yarasha xusisiyatalri bor, ko`proq agrar mamlakat. Mashinasozlik rivojlangan davlat bilan solishtirib bo`lmaydi, [tadqiqotda] shunday jihatlari hisobga olinmagan bo`lsa kerak”, - deydi u.

Iqtisodchi, O`zbekiston prezidenti saylovlarida o`z nomzodini qo`ygan Jahongir Shosalimov nazarida esa O`zbekiston banklari inqiroz arafasida. Mamlakatda muomalada bo`lgan pulning 90 foizi bank moliyasida ishtirok etmaydi.

“Hukumat nafaqalarni bermaslik, pul muomalasini iskanjalash, chegaralarni yopish, aholiga pul bermaslik orqaligina Markaziy bankni inqirozdan saqlab kelmoqda. Bank muomalaga chiqargan pulni qaytarib ololmaydi. O`zbekiston banklari raqobat qilolmaydi, bank tizimi ishdan chiqqan”, - deydi u.

“Bank butunlay yuqori hokimyatining siyosatiga bo`ysindirilgan va bozor iqtisodi qoidalariga zid ravishda boshqarilmoqda. Bankdan siyosiy boshqaruv olinsa, bozor iqtisodi sharoitiga ko`ra ishlasa, o`shanda rivojlanish bo`ladi ”, - deydu Jahongir Shosalimov.