1 avgust kuni O`zbekistonda oliy o`quv yurtlariga kirish imtihonlari o’tkazildi. Abituriyentlarning so’zlariga qaraganda, test sinovlari jarayonida uyali telefondan keng foydalanilgan.
“Bu imtihonlar haqiqatdan yiroq bo`ldi, zid keldi. Auditoriyadagi deyarli hamma talabalar uyali telefondan foydalandi. Auditoriya kuzatuvchilari telefondan foydalanayotgan abituriyentlarga imo-ishora qilib, “sekinroq foydalaniglar” deb ruxsat berishdi”, - deydi test sinovlarini topshirib chiqqan abuturiyentlardan biri.
O`zbekistonda ta’lim tizimi, ayniqsa, oliy o’quv yurtlariga qabul jarayoni korrupsiya keng ildiz otgan soha ekan ta’kidlanadi.
Test sinovlarining bu tarzda o`tishi yuzasidan turli mulohaza, taxminlar bildiriladi.
Ayrim taxminlarga ko`ra, abituriyentlar uchun bunday imkoniyat yaratilishi davlat grantlari uchun belgilangan o`rinlarning taqsimlab bo`linganidan dalolat berishi mumkin.
Toshkentdagi Aviatsiya Instituti o`qituvchisi Sunnatilla Sulaymonov imtihonlarda bunday ahvolni tasavvur qilish qiyin deydi.
“Bu narsalarga u yerda hech ham sharoit yo’q. Bilgan yoki tayyorlangan odam javobini topadi. U yerda oxrana bor. Kimdir nimadir qilsa kerak, lekin natija chiqishi qiyin. Buni kinokameralarga ham olishadi. Men avval qatnashgan sinovlarda bunday holat kuzatilmagan”, - deydi Sulaymonov.
Ma`lumotlarga ko`ra, bu yil abituriyentlar oqimining eng yuqori ko`rsatkichi qayd etilgan.
Rasmiy malumotlarga ko`ra, oliy o`quv yurtlariga qabul 63 ming 769 o`rin miqdorida belgilangan. Uning uchdan ikki foizi shartoma asosidagi o`rinlarga to`g`ri keladi.
Test natijalari o`n kun ichida e`lon qilinadi.