Germaniya, Niderlandiya va Fransiya politsiyasi hamkorlikda 10 kishini hibsga olgan. Ular AQShning terror guruhlar ro’yxatiga kiritilgan O’zbekiston Islomiy Hakarati uchun mablag’ to’plashda gumon qilinmoqda.
Reyd chog’ida ularning faoliyatiga tegishli hujjatlar, telefon va kompyuterlar topilgan. Parijdagi muxbirimiz Liza Brayant xabariga ko’ra, hibsga olinganlar O’zbekiston Islomiy Harakatini moliya bilan ta’minlaganlikda ayblanmoqda.
Tahlilchilar fikricha, harakat qarorgohi Pokistonning Afg’oniston bilan chegaradosh Vaziriston viloyatida joylashgan. O’tgan yillar ichida bu guruh Tojikiston, O’zbekiston va Qirg’iziston rahbarlariga hujum qilishi mumkinligi haqida bir necha bor ogohlantirgan.
Londonlik tahlilchi Bob Ayersning aytishicha, qator sobiq sovet davlatlarida xalqning iqtisodiy jihatdan og’ir ahvoli va siyosiy tazyiq kuchli ekanidan foydalanib, xalq ko’nglidan joy olishga urinayotgan islomiy hakaratlar mavjud.
“Terror operatsiyalarini moliyalash uchun esa g’arbiy Yevropa davlatlari qulay joy”, - deydi Ayers.