Buxoroda harbiy ombor portlab, bir necha kishi halok bo'lgan

Buxoro viloyatining Kogon tumanidagi harbiy bazada raketa-artilleriya ombori portlab, rasmiy ma'lumotlarga ko'ra uch kishi o’lgan, 21 nafari jarohat olgan.

O’zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko’ra, portlash yong’in natijasida sodir bo’lgan. Omborda Sovet davridan qolgan raketa va artilleriya snaryadlari saqlangan.

Ayrim axborot agentliklariga ko’ra, bir necha portlash oqibatida 20 ga yaqin uy, temir yo’l vokzali va mahalliy kasalxona vayron bo’lgan. Voqeani taftish qilish uchun maxsus komissiya tuzilgan.