AQShda surunkali kasalliklarga duchor bo’lgan odamlar qator
muolajalardan voz kechmoqda. Sabab oddiy – tibbiy xizmat juda qimmat.
Kompyuter tomografiyasi Betti Korbut uchun suv va havodek zarur.
Shifokorlarga ko’ra, busiz uning bachadon raki qanday davolanayotganini aniqlash qiyin.
Biroq Korbut xonim “topganim ro’zg’ordan ortmayapti” deydi. Tibbiy xarajatga pul yo’q.
"Lekin sog’lig’imga qarash uchun haqqim bor-ku axir", - deydi u.
Aksariyat amerikaliklarning ahvoli shu.
Betti Korbut ish joyidan yordam oladi, ammo tibbiy xarajatlarining aksariyatini o’zi to’laydi.
"Avvalari bu muammo emas edi. Har doim to’lab kelganman", - deydi Betti.
Yaqinda dunyoning sakkiz rivojlangan mamlakatida 7500 bemorning ahvoli tekshirildi.
Natijalarga
ko’ra, amerikaliklar uchun sog’liqni saqlash eng oxirgi o’rindagi
masala. Sabab moliyaviy vaziyatga borib taqaladi.
Bemorlarning
40 foizga yaqini dori-darmon sotib olishga qurbi yetmasligini aytgan.
Dorini ayab ishlataman deb muolojaa tartibini buzadi.
30 foiziga yaqini esa umuman shifokorga bormaydi.
Yana 30 foizi esa maslahat qilingan muolaja yoki dorilarni olmaydi. Hamma narx-navodan shikoyat qilmoqda.
Jin Mitchel Vashingtonda tanilgan siyosiy tahlilchilardan.
"Tibbiy sug’urta sotib olgan odamlar ham muolajaa uchun xarajatni o’z hamyonidan to’lashgan majbur bo’lmoqda", - deydi u.
Sug’urtalar aksariyat hollarda dorilarni qoplasa-da, buning o’zi kifoya emas.
Masalan Jorjianna Ikman qand kasaliga chalingan. Insulin uning hayot manbaidir.
Biroq o’sha manbasiz ham yashashga majbur bo’lmoqda.
"Doriga to’lasam, uyga yetmaydi, uyga to’lasam doriga. Boshpana eng muhimi hozir", - deydi bemorlardan biri.
Rivojlangan davlatlar orasida Amerika sog’liqni saqlash bo’yicha eng murakkab va qimmat tizimga ega mamlakat.
Biroq
boshqalardan ustun tomoni shuki AQShda bemorlar shifokor qabuliga
kirish uchun o’zga davlatlardagilarga nisbatan kamroq vaqt sarflaydi.
Yana
bir ustun jihati – muolaja sifati. Amerikaliklar aksariyat hollarda
kasalxona va shifokorlardan rozi, muolaja haqini hisobga olmaganda.