Do'stum taslim bo'lgan minglab tolibni qirganlikda gumon qilinmoqda

Barak Obama Afg’onistonda minglab tolib o’limida AQSh ittifoqchilari aybdor, degan xabarni tergov qilish kerak, demoqda.

“The New York Times” gazetasi chop etgan maqolaga ko’ra, o’zbeklar sardori, general Abdul Rashid Do’stum 2001 yilda AQSh qo'shini Afg'onistonga kirgach, taslim bo’lgan ikki ming tolibni qirib yuborgan. Ularning jasadi 2002 yilda Dashti Laylidan topilgan.

Shifokorlarning aytishicha, mahbuslar metal konteynerlarda och-nahor saqlanib, ko'pi dimiqib o'lgan. Ba'zilari otib o'ldirilgan.

AQSh Davlat departamenti va Xalqaro Qizil Xoch Tashkiloti voqeani tergov qilishga chaqirgan, biroq Jorj Bush ma’muriyati ishni to’xtatgan. Chunki, deb yozadi gazeta, general Dostum u paytda SRU – Markaziy Razvedka Agentligi bilan hamkorlik qilib, AQShdan maosh olgan.

General bugun ham Afg’oniston rahbari Hamid Karzayning ittifoqchilaridan. Avval Mudofaa vazirligida yuqori lavozimda ishlagan. Prezident Obama tergov o’tkazib, olingan natija asosida qaror qabul qilamiz, demoqda.