Bu yil dunyoda 68 jurnalist nobud bo'lgan

AQShda asoslangan Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi (Committee to Potect Journalists) hisobicha, bu yil dunyoda 68 jurnalist halok bo’lgan. 3 nafari rossiyalik.

Barining o’limi kasbiy faoliyati bilan bog’liq, deyiladi qo’mita hisobotida. Yana 20 jurnalist o’limi tergov ostida.

O’tgan yili 42 nafar, 2007 yilda 67 muxbir jon bergan, aksariyati Iroqda.

Bu yilgi qurbonlar soni Filippinda o’tgan oy sodir etilgan qatliom hisobiga oshgan. Saylov bilan bog’liq bu qotillik 31 jurnalistni hayotdan olib ketgan.