Eron islomiy inqilob yetakchisi bilan vidolashmoqda

Eronda tanqidiy qarashlari bilan tanilgan peshvo Oyatulla Husayn Ali Muntaziriy 87 yoshida vafot etgan. Muntaziriy 1979 yilda islomiy inqilob yetakchilaridan bo’lgan.

Inqilob asoschisi Oyatulla Ruhulla Xomayniydan so’ng diniy boshqaruvni qo’lga olishi kutilgan. Biroq ikki arbob kelisha olmagani aytiladi.

Hukumat bilan tortishgan Muntaziriy uzoq yillar uy qamog’ida saqlangan.

U amaldagi hukumatni diktaturada ayblab, shu yil yozida saylovdan so’ng namoyishlarning kuch bilan bostirilishini keskin qoralagan.