Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Qirg'iziston hukumatini jurnalistlarga qarshi tazyiqni to'xtatishga chaqirmoqda.
Tashkilotning matbuot erkinligi bo'yicha rasmiysi Miklosh Xarazti Qirg'iziston Tashqi ishlar vaziri Qodirbek Sarbayevga maktub yo'llar, xavotirini bayon qilgan.
Kecha mamlakatda jurnalist Gennadiy Pavlyuk og'ir jarohatdan jon bergan. U sal avval Qozog'istonning Almati shahrida oltinchi qavatdan uloqtirib yuborilgan edi. Garchi voqea Qozog'istonda ro'y bergan bo'lsa-da, muxolifat Qirg'iziston hukumatini ayblamoqda.
Xarazti mamlakatda ommaviy axborot vositalari xodimlariga qarshi bosim, zo'ravonlik kuchayganidan tashvishda. Hukumat matbuot yuzlashayotgan tajovuzlarni tan olishi va buni oddiy jinoyat sifatida talqin qilishni bas qilishi kerak, deydi u.
Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi Qozog'iston hukumatidan voqeani puxta tergov qilishga talab qilmoqda.
Rasmiylar Pavlyukning o'lini yuzasidan tergov ishi qo'zg'atgan.
Gennadiy Pavlyuk Qirg'iziston prezidenti Qurmanbek Bakiyevning ashaddiy tanqidchilaridan bo'lib, yangi muxolif gazeta ochishni rejalyotgan bo'lgan.