Bugun ma'lum bo'lishicha, o'tgan chorshanba kuni Virjiniyia shtati poytaxti Richmond shahrida 35 yoshli o'zbekistonlik Bahriddin Nasiboyevning jasadi topilgan. Richmond politsiyasiga ko'ra, jasadi 10 mart kuni topilgani bilan Nasiboyev ancha oldin vafot etgan bo'lishi mumkin. Voqea sabablari o'rganilmoqda.
Richmonddagi o'zbeklardan biri Bahriddin Bobojonovning "Amerika Ovozi"ga ma'lum qilishicha, asli andijonlik Nasiboyevning O'zbekistondagi oila a'zolari fojiadan xabardor va marhumning jasadini O'zbekistonga olib ketish uchun AQShga yo'l olmoqda.