Tahlilchilar: Qirg'iziston parlament boshqaruviga o'tgani ma'qul

Qirg’izistonda militsiya tartib o'rnatishga harakat qilmoqda. Sobiq tashqi ishlar vazirasi Roza Otunbayeva yetakchiligidagi hukumat nazoratni qo’lga olishga, tinchlikni ta’minlashga urinar ekan, Qurbanbek Bakiyev chet el axborot agentliklariga intervyu bergan.

"To’qnashuvlar paytida olomonga qarata o’t ochishga buyruq bermaganman", deydi Bakiyev.

U ayni damda o’z lavozimida qolayotganini, hamon prezident ekanini da’vo qilmoqda.

Muvaqqat hukumat parlamentni tarqatib yuborgan. Olti oy ichida konstitutsiya qayta ko’rib chiqilib, saylov o’tkazilishi rejalangan.

Otunbayevaning aytishicha, prezident Bakiyev davri allaqachon tugagan. Hozir faqat uning ishdan ketishi haqida muloqot bo’lishi mumkin.

Bishkekda tunda otishmalar ro’y bergan. Rasmiylar xalq mulkini o'marayotganlarga qarshi kuch qo’llashini bildirmoqda.

Bishkekdagi Erkin bozor instituti rahbari Mirsuljon Namozaliev fikricha, Qirg’iziston parlament boshqaruviga o’tgani ma’qul. Tahlilchi bilan suhbatni tinglang.